Uchrashuvda Buxoro shahar prokurori Qurbonov Sobir Sultonovich hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Buxoro viloyati hududiy vakilligi (filiali) rahbari Xolikova Nozima Ne’matilloyevna ishtirok etdilar.
Muloqot davomida yoshlarning kelajakda munosib kasb egasi bo‘lishi, bandligini ta’minlash, qonuniy mehnat migratsiyasi, xorijda ishlash imkoniyatlari hamda yoshlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.


