Bugun, 2-sentabr kuni Buxoro shahar 2-son texnikumida yangi o‘quv yili tantanali tadbir bilan boshlandi.
Tadbirda texnikum rahbariyati ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni Bilimlar kuni bilan samimiy qutlab, ularga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak natijalar va ilm olish yo‘lida omad tiladi.