Bugun Buxoro shahar 2-son texnikumida Rossiyaning “Evrokor” tashkiloti vitse-prezidenti Savinov Sergey Aleksandrovich hamda kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sevets Olga Mixaylovna ishtirokida qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi hamkorlikka start berildi.
Qurilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash markazida maxsus qurilish avtotransport vositalarini boshqarish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha 60 nafar haydovchi uchun ilk o‘quv guruhlari faoliyati boshlandi.
Loyiha “Evrokor” tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi. Hamkorlik doirasida Buxoro shahridagi 2-son texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, zamonaviy kasbiy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.


