❇️ Tadbir yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish va texnikum faoliyati bilan tanishtirishga qaratildi.
Unda yirik ish beruvchilar, hamda hamkor tashkilotlari vakillari ishtirok etib, zamonaviy kasblar va mehnat bozori talablari haqida ma’lumot berdi. Bu o‘quvchilarga kelajak yo‘lini aniqlashda yordam bo‘ldi.
❇️Mehmonlarga o‘quv ustaxonalari, ochiq darslar, to‘garaklar, sport va madaniy chiqishlar namoyish etildi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar turli kasblarni sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
❇️“Orzudagi kasb sari ilk qadam” shiori ostidagi tadbir o‘quvchilarga texnikum muhitini his etish va kasb tanlash uchun muhim zamin yaratdi.