Migratsiya agentligi direktori Buxoro shahar 2-son texnikumida bo‘ldi. Tashrif davomida ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv jarayonlarining tashkil etilganligi, qo‘shma o‘quv dastur talablari asosida xorijiy til darslarining olib borilishi holati bilan tanishtirildi.
Migratsiya agentligi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida:
Qurilish sohasida maxsus transport vositalarini boshqarish uchun o‘quv amaliyot poligoni barpo etish;
«B», «BC», «D» toifadagi haydovchilikka o‘rgatish uchun zamonaviy o‘quv avtodromini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.


