O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 13-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida muddatli harbiy xizmatchilarni kasblarga o‘qitish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududda amaliy ishlar olib borilmoqda.

hu doirada Buxoro viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Buxoro tumanidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Buxoro shahar 2-son texnikumi hamda Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida kasb va xorijiy tillarni o‘rganish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud o‘quv kurslari hamda ta’lim jarayonlari haqida boshqarma rahbariyati va texnikum mas’ullari tomonidan to‘liq ma’lumot berildi.