Bugun Buxoro viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, xorijiy tillarni o’rgatish va ularning kelajakdagi bandligini ta’minlash bo’yicha Buxoro shahar 2-son texnikumi hamda Kogon tumanidagi 7536-harbiy qism o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuzildi.
Hamkorlik kelishuvi doirasida navbatdagi muddatli chaqiruv doirasida Qurolli Kuchlar safida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, qisqa muddatli kurslar asosida kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.